uHamkorHujjatlar
Foydalanuvchi qo'llanmasi

Profil sahifasi

Shaxsiy ma’lumotlar, emailni o‘zgartirish tartibi va parolni yangilash.

👤 Profil sahifasi

Profil — hisobingiz sahifasi. U uchta bo‘limdan iborat: Umumiy (shaxsiy ma’lumotlar), Obuna (tarif va limitlar) va Xavfsizlik (parol). Sahifa avatar ostidagi menyudan Profil tugmasi orqali ochiladi.


Umumiy

Profil sahifasining Umumiy bo‘limi.

Yuqorida ism, email, rol va hisob holati turadi. Ostidagi Profil ma’lumotlari kartasida:

  • Ism va Familiya — chatlarda va xodimlar ro‘yxatida shu nom ko‘rinadi.
  • Telefon raqami — ixtiyoriy.
  • Foydalanuvchi nomi — o‘zgartirib bo‘lmaydi.
  • Elektron pochta manzili — alohida tartibda o‘zgartiriladi (pastga qarang).

Ma’lumotlarni tahrirlash

Tahrirlash rejimi: maydonlar ochiladi, pastda saqlash tugmalari chiqadi.

Profilni tahrirlash tugmasi maydonlarni ochadi. Kerakli joyni to‘g‘rilab, O‘zgarishlarni saqlashni bosing; Bekor qilish esa hech narsani o‘zgartirmasdan chiqadi. Ism va familiya kamida 2 ta belgidan bo‘lishi kerak.

Emailni o‘zgartirish

Email boshqa maydonlar bilan birga saqlanmaydi — Emailni o‘zgartirish tugmasi alohida oyna ochadi:

  1. Yangi email manzilini kiritasiz.
  2. Shu manzilga 6 xonali tasdiqlash kodi yuboriladi.
  3. Kodni kiritib tasdiqlaysiz. Kod 5 daqiqadan keyin eskiradi, kerak bo‘lsa qayta yuborish mumkin.

Yangi email joriysidan farq qilishi shart. Tasdiqlangandan keyin tizimga shu manzil bilan kirasiz.

Xavfsizlik

Parolni o‘zgartirish formasi.

Bu bo‘limda parol yangilanadi: Joriy parol, so‘ng yangi parol ikki marta kiritiladi. Yangi parol kamida 8 ta belgidan iborat bo‘lishi, katta va kichik harf, raqam hamda maxsus belgini o‘z ichiga olishi kerak. Ikkala maydon bir xil bo‘lmasa yoki joriy parol noto‘g‘ri bo‘lsa, forma xato beradi.

Obuna

Uchinchi bo‘lim — tarif rejasi, limitlar va to‘lovlar. U alohida sahifada tushuntirilgan: Obuna va limitlar.